Logo

Xitoydan tabrik: Kirib kelayotgan 2025-yilda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi aloqalar yanada ravnaq topsin

Dekabr 30, 2024. 11:39 • 2 daq

211
Xitoydan tabrik: Kirib kelayotgan 2025-yilda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi aloqalar yanada ravnaq topsin

SHANXAY, 30-dekabr. /"Dunyo" AA/. Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi Tahlil markazini qurish jamg'armasi bosh kotibi Li Yixay "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston va Xitoy   o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati haqidagi  fikrlarini bildirdi hamda xalqimizni kirib kelayotgan Yangi – 2025-yil bilan muborak etdi:

– Insoniyat sivilizatsiyasining boy merosiga ega bo'lgan O'zbekiston o'zining geografik joylashuviga ko'ra hududi uzoq o'tmishdan beri qadimgi savdo yo'llari chorrahasi sifatida dunyoga tanilgan. Ushbu olim O'zbekiston va Xitoy tarixan do'stona aloqalarini shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o'ynadi.

Shuningdek, O'zbekiston va Xitoy rahbarlari o'rtasidagi yaqin do'stona munosabatlar tufayli mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko'tarildi. Bu esa 2024-yilda tashqi muhit va xalqaro vaziyatdan qat'iy nazar, tomonlar o'z hamkorligini qat'iy amalga oshirishi, siyosiy va ayniqsa iqtisodiy yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da mustahkamladi.

Yakuniga yetayotgan yilda Xitoy va O'zbekiston infratuzilma va logistika sohasidagi loyihalarni faol rivojlantirdi. Bu borada "Xitoy - Qirg'iziston – O'zbekiston" temir yo'lini qurish loyihasining amalga oshirilishi savdo-iqtisodiy sheriklikning muhim bosqichlaridan biri bo'ldi.

Loyiha nafaqat logistika, balki savdo-iqtisodiy integratsiya nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda transport infratuzilmasini mustahkamlash barcha ishtirokchi mamlakatlar manfaatlariga javob beradi va o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga yordam beradi.

Aminmanki, kirib kelayotgan 2025-yilda mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar yana-da ravnaq topadi. 

Fursatdan foydalanib, do'st o'zbek xalqini yangi yil bayrami bilan qutlab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va tinchlik tilayman.

Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish