"Sada al Balad" AA: O'zbekiston Prezidenti BMT minbardan turib xalqlarni birdamlik, ochiq muloqot va hamkorlikka chaqirdi
Sentabr 24, 2025. 19:27 • 2 daq
• 113
QOHIRA, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "Sada al Balad" axborot agentligi "O'zbekiston Prezidenti xalqlarni birdamlik, ochiq muloqot va hamkorlikka chaqirdi" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so'zlab, kuchayib borayotgan xalqaro muammolar sharoitida global birdamlik, muloqot va hamkorlikni yana-da kuchaytirishga chaqirdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev so'zining avvalida ishtirokchilarni BMT Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasi bilan samimiy qutladi. Mazkur yig'ilish shiddat bilan o'zgarayotgan murakkab global vaziyatda o'tayotgani, bu esa Tashkilot faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlayotganini qayd etdi", – deyilgan manbada.
O'zbekiston Prezidenti tobora o'tkir tus olayotgan iqlim o'zgarishi muammolariga ham alohida to'xtaldi. Qayd etilganidek, Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida bo'lishi lozim. "Biz Orolbo'yi ekotizimini qayta tiklash bo'yicha ishlarni izchil davom ettiryapmiz. So'nggi yillarda dengizning qurigan tubida 2 million gektar maydonda sho'rga chidamli cho'l o'simliklari ekildi. 2030-yilgacha ushbu hududning 80 foiz qismida yashil qoplamalar hosil qilinadi", – deya O'zbekiston Prezidenti so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.
Qayd etilganidek, suv resurslarining taqchilligi muammosiga to'xtalar ekan, Prezident O'zbekistonda Suvni tejash bo'yicha butunjahon forumini o'tkazish rejalashtirilganini ta'kidladi. "Mazkur anjuman yakunlari bo'yicha Suv inqirozini barqaror taraqqiyot uchun jiddiy tahdid sifatida belgilash va bu borada global darajada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun alohida "yo'l xaritasi"ni qabul qilish mo'ljallanmoqda", – deb yozgan "Sada al Balad" AA maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Krasnoyarsk viloyatining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirildi