Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Noyabr 26, 2025. 07:41 • 39 soniya
• 243
RIGA, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. Riga shahrida boʻlib oʻtgan an'anaviy xayriya koʻrgazma-yarmarkasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Rigada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus, nodavlat, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, jami 25 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston stendida yurtimizning tarixiy-madaniy yodgorliklari, oʻziga xos an'analari, betakror tabiati haqida qiziqarli ma'lumotlar hamda milliy brend mahsulotlari taqdim etildi. Xususan, milliy hunarmandchilik mahsulotlari mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekistonning turistik salohiyati taqdimoti ham oʻtkazildi. Qatnashchilarga "Uzbekistan – Crossroads of Civilization" va "Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning sayyohlik darvozasi" nomli promo-roliklar namoyish etildi.
Mazkur an'anaviy tadbir xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va gumanitar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun muhim maydoncha boʻlib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
