O'zbekiston hududlari va Qozog'istonning Qizilo'rda viloyati o'rtasida turizm va investitsiyaviy sheriklik jadallashadi
Oktabr 20, 2025. 18:42 • 48 soniya
• 27
QIZILO'RDA, 20-oktabr. "Dunyo" AA/. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Qozog'istonning Qizilo'rda viloyatiga xizmat safari davomida "Atamken" tadbirkorlar milliy palatasi direktori Sizdiq Pirmuxammed bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida palata rahbari ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi diinamikasini yuqori baholagan holda, O'zbekistondagi o'zgarishlarni o'rganish kerakligini ta'kidladi. Jumladan, mintaqaviy joylashuv nuqtai nazaridan qo'shni Qoraqalpog'istonda, xususan Orolbo'yida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar Qizilo'rda hududi uchun ham muhimligi qayd etildi. Bu borada tajriba almashish maqsadida Qorqapog'iston Respublikasi mutaxassislarining Qizilo'rda viloyatiga safari tashkil qilinmoqda.
Muloqot chog'ida Qozog'iston tomoni O'zbekistonda kechayotgan iqtisodiy o'zgarishlar va yurtimizning turizm salohiyati bilan tanishtirildi.
Turizm jabhasida hamkorlik qilish, O'zbekiston va Qirzilo'rda viloyati turkompaniyalari o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish, qo'shma turpaketlarni ishlab chiqish, sayyohlar oqimini oshirish va boshqalar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O'zbekiston hududlarida amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga Qizilo'rda viloyati biznesi ishtirokini ta'minlash bo'yicha taklifni qo'llab-quvvatladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi