O'zbekiston va Germaniya moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi
Sentabr 17, 2025. 18:30 • 41 soniya
• 58
BERLIN, 17-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi parlament davlat kotibi Yoxan Zaatxoff bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida ikki mamlakat o'rtasida Germaniya moliyaviy va texnik (grant) ko'magi orqali amalga oshirilayotgan hamkorlik ijobiy baholandi. O'zbekiston GFR Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi tomonidan Osiyoda rasmiy hamkor sifatida tasnif etilgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona davlatligi e'tirof etildi.
O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, iqtisodiyotning izchil va uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlaydigan sohalarni yo'lga qo'yish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligi va boshqa muhim yo'nalishlarda yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga qiziqish bildirildi.
Germaniya bilan izchil rivojlanib borayotgan savdo, investitsiya, texnologiyalar sohalarida sheriklikni yana-da faollashtirish borasida aloqalarni davom ettirishga kelishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi