Italiyaning yetakchi kompaniyalari Toshkentdagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etadi

Noyabr 23, 2026. 14:00 • 2 daq

• 107
Italiyaning yetakchi kompaniyalari Toshkentdagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etadi

RIM, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya ushbu davlat Savdo-sanoat palatasi (CCII) Bosh kotibi Per Luiji Agata bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda joriy yil 29-noyabr – 2-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yangi O‘zbekiston: global imkoniyatlar chorrahasi” xalqaro biznes-forumida Italiya ishbilarmon doiralari vakillarining ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

CCII boshqaruvi a’zolari hamda 50 ga yaqin Italiya kompaniya vakillari forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi. Tadbir haqidagi ma’lumotlar Palata a’zolari, hududiy savdo-sanoat palatalari va Markaziy Osiyo bozoriga qiziqish bildirgan 1000 dan ortiq Italiya kompaniyasiga yetkazilgan.

Uchrashuvda Italiya tomoni “Yangi Toshkent” loyihasiga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi. Suhbat chog‘ida investorlar va ushbu loyihaga qurilish, development, arxitektura, muhandislik hamda infratuzilma sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.

CCII vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish italiyalik kompaniyalar orasida ortib borayotganini qayd etib, yurtimiz ishbilarmonlik hamjamiyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish