Logo

O'zbekiston va Polsha agrosanoat sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda

Noyabr 11, 2025. 11:42 • 2 daq

224
O'zbekiston va Polsha agrosanoat sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda

VARSHAVA, 11 noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan "BMB Holding" va Polshaning "Agro Sp.Zo.o" kompaniyalari vakillari o'rtasida ishchi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar va amaliy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini belgilab oldilar.

Unda qo'shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, O'zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorida, xususan, "LIDL" va "Kaufland" kabi yirik savdo tarmoqlari orqali ilgari surish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Shu bilan birga, "BMB Holding" kompaniyasi mutaxassislari ikki hafta mobaynida Polsha bozori bo'yicha tahliliy o'rganish ishlarini amalga oshirib, eksportga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan mahalliy mahsulotlar namunalarini "Agro Sp.Zo.o." kompaniyasiga taqdim etishi belgilab o'tildi.

Polsha tomoni vakili O'zbekiston bilan kelgusida hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish va o'zaro manfaatli sheriklikni yana-da chuqurlashtirish bo'yicha qo'shma ishchi guruh tuzish to'g'risida kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish