Logo

Anqara shahrida "O'zbekiston–Turkiya: iqtisodiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Noyabr 09, 2025. 09:14 • 58 soniya

67
Anqara shahrida "O'zbekiston–Turkiya: iqtisodiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

ANQARA, 9-noyabr. /"Dunyo" AA/. Anqara shahri Savdo palatasi va "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamg'armasi bilan hamkorlikda "O'zbekiston–Turkiya: iqtisodiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda" mavzusida tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbir ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirish, yangi hamkorlik sohalarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etildi. Unda davlat idoralari vakillari, professor-o'qituvchilar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda O'zbekistonda savdo-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. Mamlakatimiz nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda jozibador markazlardan biriga aylanib borayotgani ta'kidlandi. Samarqandda davom etayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi uchun aynan yurtimizning tanlangani bejiz bo'lmagani e'tirof etildi.

"EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamg'armasi rahbari Hikmet Eren Turkiya–O'zbekiston o'rtasidagi savdo, investitsiya, energetika, transport, qishloq xo'jaligi va texnologiya kabi ko'plab sohalarda rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi. O'zbekistonda turk ishbilarmonlariga munosabat tubdan o'zgargani, biznes qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidladi.

Shuningdek, "TÜRKSİT" uyushmasi raisi Kemal Kurnaz va Anadolu universiteti professori Zulfikar Bayraktar ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning oldingi va bugungi holati haqida to'xtalib o'tdi.

Tadbir so'nggida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mavzu yuzasidan savol-javoblar o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish