Bosh konsulxona vakillari turkiyalik taniqli ishbilarmonlar bilan ko'rishdi
Noyabr 11, 2025. 09:54 • 2 daq
• 87
ISTANBUL, 11 noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Dunyo turk tijorat platformasi (DUTKID) hamkorligida turk ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston–Turkiya o'rtasida hamkorlik va tijoratni rivojlantirish" mavzusida tashkil etilgan tadbirda turkiyalik davlat va jamoat idoralari xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari, savdo-sanoat palatasi va turli kompaniya rahbarlari, taniqli tadbirkorlar hamda jurnalistlar qatnashdi.
Uchrashuvda Bosh konsul Sherzod Abdunazarov O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoit va davlatimizning Turkiya bilan barqaror strategik hamkorlik aloqalari haqida to'xtalib o'tdi.
Tadbir davomida O'zbekistonning so'nggi yillardagi iqtisodiy islohotlari, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalar, soliq va bojxona imtiyozlari, logistika va turizm infratuzilmasini namoyon etuvchi taqdimotlar namoyish etildi.
Mazkur uchrashuv turk tadbirkorlari orasida katta qiziqish uyg'otdi va ijobiy fikrlar bilan qarshi olindi. O'zbekistonning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va chet eldan investorlarni jalb qilishga qaratilgan e'tibor hamda amaliy ishlarga yuqori baho berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi