O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati Shanxay ishbilarmon doiralari vakillarida katta qiziqish uyg'otdi
Oktabr 02, 2025. 11:14 • 2 daq
• 46
SHANXAY, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va "Xitoy-Osiyo" iqtisodiy taraqqiyot uyushmasi hamkorligida mamlakatimiz savdo va investitsiyaviy imkoniyatlariga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Xitoyning 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari va biznes tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga O'zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik muhitining izchil yaxshilanishi va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston nafaqat investitsiya uchun, balki eksport salohiyati jihatidan ham katta imkoniyatlarga ekani ta'kidlandi. Mamlakat qishloq xo'jaligi mahsulotlari, to'qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, mineral xomashyo hamda qo'shimcha qiymatli qayta ishlangan tovarlar bilan Xitoy bozorida o'z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Shu bilan birga, O'zbekiston o'zining strategik joylashuvi va infratuzilmaviy salohiyati orqali Yevropa va boshqa mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun muhim platforma sifatida namoyon bo'layotir.
Shuningdek, O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik nafaqat davlatlararo darajada, balki hududlar kesimida ham kengayib borayotgani ta'kidlandi. Shu bois, tadbir doirasida hududlararo hamkorlikning yangi yo'nalishlari va qo'shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.
Taqdimotda qatnashgan Xitoy kompaniyalari energetika, qishloq xo'jaligi, qayta ishlash sanoati, axborot texnologiyalari, to'qimachilik va "yashil" texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritishi bilan O'zbekiston uchun katta qiziqish uyg'otdi. Ular o'z faoliyat yo'nalishlari orqali mamlakatimizdagi qator sohalarda qo'shma qiymat zanjirlarini yaratish, innovatsiya va texnologiya transferiga xizmat qilish imkoniyatlarini taqdim etdi.
O'zbekistonning "Bir makon – bir yo'l" tashabbusidagi muhim o'rni, transport yo'laklarini rivojlantirish, shu jumladan "Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston" temir yo'lining qurilishi va ikki davlat shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar soni ortib borayotgani savdo, turizm va biznes aloqalarini yana-da rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratayotgani qayd etildi.
Tadbir yakunida Xitoy kompaniyalari va mamlakatimiz vakillari o'rtasida qator istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlik qilish va O'zbekiston hududlariga xitoylik tadbirkorlarning biznes-missiyalari tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi