Guanchjou shahrida O'zbekiston iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi
Oktabr 20, 2025. 20:10 • 38 soniya
• 44
GUANCHJOU, 20-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Guanchjou shahrida O'zbekiston iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xitoyning "Guangdong Anhua Economy and Development" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan iqtisodiy tadbirda 200 dan ortiq mahalliy kompaniyalar rahbarlari va vakillari qatnashdi.
Ishtirokchilarga O'zbekiston taraqqiyotining iqtisodiy ko'rsatkichlari, turizm salohiyati, xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, hududlarning drayver tarmoqlari, istiqbolli savdo va investitsiyaviy loyihalar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Xitoy kompaniyalari vakillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhitini yuqori baholadi.
O'tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy natijalarga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish, Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining mamlakatimiz hududlariga biznes-missiyalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi