Xitoy kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Sentabr 30, 2025. 11:21 • 35 soniya
• 67
GUANCHJOU, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning yetakchi "Guangzhou Pharmaceutical Holdings" (GPH) kompaniyasi raisi Li Syaochjun bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Xitoy tomoniga mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyati, tarmoqda yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhiti, ixtisoslashgan sanoat zonalarida mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar tizimi to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Muzokaralarda farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jumladan, kompaniya mahsulotlarini O'zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida kompaniya vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil noyabr oyida O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi