O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyati Malayziyaning Penang shtatida taqdimot qilindi
Oktabr 07, 2025. 16:02 • 2 daq
• 71

KUALA-LUMPUR, 8 oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Malayziyaning Penang shtatida O'zbekiston – Malayziya hamkorlik forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Malayziya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va turizm sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan iqtisodiy tadbirda Penang shtati ma’muriyati rahbariyati, kompaniyalar, turoperatorlar, ishbilarmon doira va OAV vakillaridan iborat 130 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Forum davomida O'zbekistonning investitsiya salohiyati, biznes yuritish muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan tizimli islohotlar natijalari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar hamda qulay sharoitlar haqida taqdimot o'tkazildi.
Ishtirokchilarga O'zbekistonda Malayziyaga meva-sabzavot, qayta ishlangan oziq-ovqat, to'qimachilik, kimyo va rangli metall mahsulotlarni eksport qilish borasida ulkan salohiyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Penang kompaniyalari va ishbilarmon doira vakillariga O'zbekistonda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqatni qayta ishlash, to'qimachilik, kimyo va elektrotexnika sanoati, ko'chmas mulkni rivojlantirish va mehmonxona xo'jaligi, qayta tiklanadigan energiya, axborot texnologiyalari va biznes-autsorsing, farmatsevtika va tibbiy xizmat ko'rsatish sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ma’lum qilindi.
Forum yakunida Penang ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlikda mehmonxona xo'jaligi, ko'chmas mulk, transport-logistika, palma yog'ini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida o'zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Shuningdek, Penangga tashrif doirasida O'zbekiston elchixona delegatsiyasi shtatning eng yirik yarimo'tkazgichlar ishlab chiqaruvchilaridan biri "Ibiden Electronics Malaysia Sdn Bhd" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Malayziya kompaniyasi rahbari K.Xayashi bilan dastlabki bosqichda O'zbekiston sharoitida yarimo'tkazgichlarni yig'ish va sinash (OSAT) imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashrif natijasida Penangning ishbilarmon doiralari vakillari bilan 2026 yilda "O'zbekistonga sarmoya kiriting" mavzusida biznes forum va B2B shaklidagi uchrashuvlarni o'tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi