Logo

Ispaniya kompaniyasi O'zbekistonda "yashil" transport sohasida qo'shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

Fevral 20, 2025. 14:54 • 37 soniya

306
Ispaniya kompaniyasi O'zbekistonda "yashil" transport sohasida qo'shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

MADRID, 20-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning "UNVI" kompaniyasi bosh direktori Eloy Peres bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda "yashil" transport va avtomobilsozlik sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 Muzokaralar chog'ida kompaniya rahbari O'zbekistonda ispan texnologiyalari va brendidan foydalangan holda shahar, shaharlararo va sayyohlik avtobuslari, mikroavtobuslar ishlab chiqarishni tashkil etishda hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Toshkent avtoparklaridan foydalanishdan chiqarilgan "Mercedes Conecto" rusumli avtobuslarni elektrobuslarga aylantirish loyihasiga alohida e'tibor qaratildi. Loyiha doirasida mutaxassislar tayyorlash va ilg'or texnologiyalar transferi ham ko'zda tutilgan.

Ispaniya tomoni raqobatbardoshlik va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda "SamAvto" zavodi negizida qo'shma loyihasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish taklifini bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish