O'zbekistonlik muhandis kadrlar Yaponiyada malaka oshiradi va ishga joylashtiriladi
Iyul 02, 2024. 14:09 • 46 soniya
• 466
TOKIO, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiyaning "Daito Trust Construction" korporatsiyasi prezidenti Kei Takeuchi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar, yuqori texnologiyalarni jalb qilish, chet el kompaniyalari bilan ta'lim va migratsiya sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qurilish-arxitektura va muhandislik sohalarida mamlakatimizda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularni yapon korporatsiyasida malakasini oshirish, stajirovkalar tashkil etish va ishga joylashtirish xususida fikr almashildi.
Korporatsiya prezidenti Kei Takeuchi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qurilish ishlarida yapon texnologiyalarini tadbiq qilish, seysmik xavfsizlik va zilzilalarga bardoshli yapon qurilish standartlarini joriy qilishga ko'maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida "Daito Trust Construction" korporatsiyasi rahbariyatining mamlakatimizga tashrifini tashkil etish hamda 2024-yildan boshlab bosqichma- bosqich o'zbekistonlik 100 ga yaqin yuqori malakali muhandis kadrlarni Yaponiyada malakasini oshirish va ishga qabul qilish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi