Parijda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Noyabr 29, 2026. 14:00 • 49 soniya
• 28
PARIJ, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari Fransiyaning “Hasamélis” sayyohlik agentligi bilan hamkorlikda mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida fransiyalik mutaxassis Katrin Rishar-Ledyuk O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi haqida ma’ruza qildi.
Mazkur tashabbus Fransiya turizm bozorida mamlakatimiz jozibadorligini oshirish, fransiyalik sayyohlik kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda Fransiyadan keluvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan.
Taqdimot yakunida “Hasamélis” agentligi bilan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Fransiyada keng targ‘ib qilish, madaniy-ma’rifiy sayohatlar dasturlarini kengaytirish va bunday taqdimotlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi