Logo

Yevropaning eng yirik loukosteri Yevropa poytaxtlari va O'zbekiston shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yishdan manfaatdor

Aprel 06, 2024. 09:57 • 40 soniya

398
Yevropaning eng yirik loukosteri Yevropa poytaxtlari va O'zbekiston shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yishdan manfaatdor

BUDAPESHT, 6-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda "Wizz Air" kompaniyasi prezidenti Robert Keri bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida "Wizz Air" aviakompaniyasining O'zbekiston aviatsiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Aviakompaniya Yevropa poytaxtlari va O'zbekiston shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Muzokaralar davomida, shuningdek, "Wizz Air" bosh direktori Yozef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga rejalashtirilgan safari muhokama qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Wizz Air" loukoster aviakompaniyasi 2022 yil dekabr oyidan Abu-Dabidan Samarqandga, o'tgan yilning yanvar oyidan esa Abu-Dabi – Toshkent – ​​Abu-Dabi yo'nalishi bo'yicha muntazam reyslarni amalga oshirmoqda. Chiptalar bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.

Aviakompaniya 2003 yilda tashkil etilgan. "Wizz Air" kompaniyasi aviaparkida 206 ta "Airbus" samolyoti bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish