Logo

Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi O'zbekiston poytaxtida o'z vakolatxonasini ochadi va 13 martdan boshlab Varshava-Toshkent-Varshava yo'nalishi bo'yicha birinchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovi yo'lga qo'yiladi

Mart 08, 2024. 13:38 • 38 soniya

380
Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi O'zbekiston poytaxtida o'z vakolatxonasini ochadi va 13 martdan boshlab Varshava-Toshkent-Varshava yo'nalishi bo'yicha birinchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovi yo'lga qo'yiladi

VARSHAVA, 9-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Marek Pravda bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida O'zbekiston-Polsha munosabatlarini yana-da mustahkamlash va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.


 Tomonlarning barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.


Joriy yilga rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston–Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig'ilishiga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentda vakolatxonasini ochish bilan bog'liq masalalarga e'tibor qaratildi.


Shu yilning 13-mart kuni Varshava–Toshkent–Varshava yo'nalishi bo'yicha yo'lga qo'yiladigan birinchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovining muhim ahamiyati ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish