Logo

Turkiya biznes vakillari Farg'onada viloyatidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Oktabr 28, 2025. 15:36 • 41 soniya

54
Turkiya biznes vakillari Farg'onada viloyatidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

FARG'ONA, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Farg'ona viloyati hokimligi vakillari ishtirokida vebinar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi Turkiya-O'zbekiston qo'mitasi boshqaruv raisi Onur Ozgyuven, Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Nuriddin Mamajonov, ikki mamlakat elchixonalari vakillari, yurtimizdagi turk investorlari va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Vebinrda Farg'ona viloyatining to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati, sog'liqni saqlash, uy-joy qurilishi, qurilish materiallari va boshqa sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Turkiya tomoni e'tiboriga Farg'onadagi erkin iqtisodiy zonalarda yaratilgan sharoitlar va investorlarga taqdim etilayotgan imyozlar haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Farg'ona viloyatida zargar sanoati sohasida faoliyat olib borayotgan Turkiyaning "Amasta" kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zosi Jemil Akilli, to'qimachilik sohasida ishlab kelayotgan "Medusa Tekstil" kompaniyasi ta'sischisi Jo'neyt Kachar yurtimizdagi tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish