Kichik Polsha voyevodligi Samarqand viloyati bilan iqtisodiy sheriklik munosabatlarini o'rnatishga qiziqish bildiryapti
Iyun 29, 2024. 15:23 • 40 soniya
• 127
VARSHAVA, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Kichik Polsha voyevodligiga (viloyati) tashrif davomida Krakov shahri Savdo-sanoat palatasi direktori Rafal Kulchiski bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi savdo-iqtisodiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Polsha vakili O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi va Krakov shahri Savdo-sanoat palatasi o'rtasida hamkorlik o'rnatishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Rafal Kulchiski Samarqand viloyatiga biznes-missiya tashkil etishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Qurilish, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari va kimyo sanoati istiqbolli hamkorlik yo'nalishlari hisoblanadi", dedi u.
Muzokaralar yakunida shu yil Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi doirasida o'tadigan biznes-forumda Kichik Polsha voyevodligidagi kompaniyalarning faol ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi