O'zbekiston hududlari va Eronning G'arbiy Ozarbayjon viloyati o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Oktabr 02, 2025. 12:27 • 42 soniya
• 61
TEHRON, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev ishchi tashrifi bilan Eronning G'arbiy Ozarbayjon viloyatiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Urmiya Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Qosim Karimiy va viloyatning yetakchi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Muloqotlar chog'ida ikki mamlakat o'rtasida o'zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Urmiya Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Qosim Karimiy viloyat iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga, xususan, chorvachilikka yo'naltirilganini ma'lum qildi. Shuningdek, viloyatda konchilik sanoati rivojlangan bo'lib, qurilish materiallari va tosh, granit, slyuda, mishyak, talk, travertin, oltin, o'tga chidamli jinslar va pemza ishlab chiqaradigan konlar mavjud.
"O'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat biznes delegatsiyalarning o'zaro safarlarini hamda xalqaro va mintaqaviy ko'rgazmalarda ishtirokini ta'minlashga ko'maklashimiz mumkin", – dedi Qosim Karimiy.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi