Logo

Polsha investitsiyalar va savdo agentligi Toshkentda o'z vakolatxonasini ochadi

Iyun 27, 2024. 07:29 • 33 soniya

361
Polsha investitsiyalar va savdo agentligi Toshkentda o'z vakolatxonasini ochadi

VARSHAVA, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Anjey Dixa bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi savdo-iqtisodiy sohada ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari, xususan respublika hududida Polsha kapitali ishtirokida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilning kuzida Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi doirasida o'tkaziladigan biznes-forumga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko'rish muhimligini ta'kidladilar.

Muzokaralar yakunida mazkur tadbir doirasida Polsha investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentdagi vakolatxonasini ochish marosimini tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish