Malayziyaning mustaqil energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O'zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildiryapti
Aprel 13, 2025. 07:45 • 2 daq
• 218
KUALA-LUMPUR, 13-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Malakoff Corporation Berhad" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Anvar Shaxrin Abdul Ajib bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Prezidentining "Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarorini ijrosi doirasida tashkil etilgan muzokaralar chog'ida mamlakatimizda energetika sohasida o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Malayziya tomoniga mamlakatimizda "yashil" energiya sanoati istiqboli, ayniqsa gidroenergiya bo'yicha foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.
Kompaniyaning ulkan tajribasi va salohiyatini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga respublika hududlarida daryo va kanallarda kichik gidroelektr stansiyalarini qurish hamda yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirish taklif etildi.
Anvar Shaxrin Abdul Ajibning aytishicha, kompaniya Malayziyadagi eng yirik mustaqil energiya ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Umumiy quvvati 8782 MVt bo'lgan issiqlik va 173 MVt qayta tiklanuvchi elektr stansiyalariga egalik qiladi.
"O'zbekistonda "yashil" energiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar menda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatingiz erishgan natijalar va ulkan rejalardan ilhomlanib, o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish uchun joriy yilda O'zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz" dedi u.
"Malakoff Corporation Berhad" kompaniyasi 1975 yil 9 oktyabrda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati elektr energiyasi ishlab chiqarish, sho'r suvni chuchuklashtirish, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish hamda chiqindilarni boshqarishdan iborat. Kompaniya Malayziyadan tashqarida Saudiya Arabistoni, O'mon, Baxrayn va Bangladeshdagi korxonalarga egalik qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi