Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida o'zbek, nemis va turk ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi
Dekabr 22, 2023. 08:22 • 2 daq
• 416
FRANKFURT-MAYN, 25-dekabr. /«Dunyo» AA/. Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida o'zbek, nemis va turk ishbilarmon doiralari vakillari uchun biznes-forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Iqtisodiy tadbir mamlakatimizning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi tomonidan «MÜSIAD Hessen e.V.» tadbirkorlar uyushmasi, Xanau shahar Savdo-sanoat palatasi va «UZBIC» O'zbekiston biznes va sanoat kengashi nodavlat tashkiloti bilan birgalikda o'tkazildi.
Unda uch davlatning yetakchi korxonalari o'rtasida qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha «O'zbekiston-Turkiya-Germaniya» formatidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, o'zbek mahsulotlarini Germaniya bozoriga eksport qilish hajmini oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
O'zbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev forumning ochilish qismidagi nutqida ishtirokchilarni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, xorijiy investorlarga uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirdi. O'zbekiston o'z tashqi siyosatida Germaniya va Turkiya bilan bilan savdo-iqtisodiy va do'stona aloqalarni yanada jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.
Forum davomida «UZBIC» a’zolari hamda yetakchi nemis va turk kompaniyalari o'rtasida «B2B» formatida muzokaralar tashkil etildi. Tomonlar konstruktiv muloqot o'rnatish, gastronomiya, to'qimachilik sanoati, logistika, qurilish va boshqa sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo'nalishlarini belgilab oldilar.
Bo'lib o'tgan muzokaralar natijasida tomonlar O'zbekistondan trikotaj, kosmetika, quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to'g'risida dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi