Logo

Andijon viloyati va Xitoyning Guandun provinsiyasi o'rtasida hududlararo sheriklik yanada jadallashadi

May 05, 2025. 20:18 • 57 soniya

136
Andijon viloyati va Xitoyning Guandun provinsiyasi o'rtasida hududlararo sheriklik yanada jadallashadi

GUANCHJOU, 5-may. /"Dunyo" AA/. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Xitoyda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar doirasida O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida "O'zbekiston (Andijon) – Xitoy (Guandun)" biznes-forumi tashkil etildi.

Unda Xitoyning mebelsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, logistika, qurilish materiallari va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Andijon delegatsiyasi a'zolari tomonidan o'tkazilgan taqdimotda mazkur hududning iqtisodiy salohiyati, drayver sohalari, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, jumladan, xitoylik tadbirkorlar uchun tashkil etilgan maxsus sanoat parklari to'g'risida ma'lumot berildi.

Tadbir davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Unda xorijiy kompaniyalar vakillari bilan Andijon viloyatida misni qayta ishlash, mebel jihozlari, elektrotexnika va avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, shuningdek, logistika markazi va sanoat parkini barpo etish kabi loyihalarni amal oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston vakillari safar davomida 37-Kanton ko'rgazmasida ishtirok etdi. Delegatsiya vakillari zamonaviy texnologiya va innovatsion yechimlar bilan tanishdi. Shuningdek, ko'rgazma maydonida tekstil sanoati, mebelsozlik, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan samarali muzokaralar o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish