Logo

"Jizzax 2025" xalqaro biznes-forumi isroillik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg'otdi

Aprel 28, 2025. 09:43 • 39 soniya

142
"Jizzax 2025" xalqaro biznes-forumi isroillik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg'otdi

TEL-AVIV, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston-Isroil savdo-investitsiya uyi prezidenti Nargiza Qodirova "Dunyo" AA uchun intervyusida 23-24-aprel kunlari Zomin tumanida bo'lib o'tgan "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forum haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Biz ushbu formatdagi yirik tadbirda ilk marta ishtirok etdik va u bizga katta tajriba bo'ldi. Biznes-forumga yettita yetakchi isroil kompaniyalari vakillarini olib keldik. Bu esa Isroilda ushbu tadbirga qiziqish yuqori bo'lganini tasdiqlaydi. Umid qilamizki, keyingi forumlarda yana-da ko'proq Isroil kompaniyalari ishtirok etadi va O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy ham investitsiyaviy hamkorlikka qiziqish bildiradi.

Forum doirasida Isroil kompaniyalari ishtirokida turli sohalar bo'yicha yettita istiqbolli eksport shartnomalari imzolandi. Shuningdek, ushbu davlat vakillariga o'zbekistonlik tadbirkorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatish, qishloq xo'jaligi, texnologiyalar va sanoat sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon yaratildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish