Polshaning mashhur kiyim-kechak brendi Markaziy Osiyo bozorlarini zabt etmoqchi
Iyun 12, 2025. 16:43 • 53 soniya
• 183
VARSHAVA, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning ommabop "www.propertynews.pl" elektron portalida "Polsha moda giganti ekzotik bozorni o'zlashtirmoqda: 20 dan ortiq do'kon ochilishi rejalashtirilgan" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Polshaning kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "LPP" kompaniyasi o'z faoliyatini Markaziy Osiyoda jadal kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida so'z boradi.
"2025-yil avgust oyida O'zbekistonda "Sinsay" brendining birinchi do'koni ochilsa, yil oxiriga kelib esa ularning soni 20 tadan oshishi kutilyapti. Bu kompaniyaning mintaqada izchil rivojlanishga qaratilgan strategiyasining bir qismidir", – deyilgan materialda.
Ta'kidlanishicha, Polsha kompaniyasi Ozarbayjon va Gruziya bozorlariga ham kirishga tayyorlanmoqda. Kompaniya 2025-yilning uchinchi choragida ushbu mamlakatlarda ham o'z shoxobchalarini ochishga muvaffaq bo'lgan. Qozog'istonda esa "LPP" 60 ga yaqin yangi do'kon ochishni rejalashtirgan.
"Kompaniya vakillariga ko'ra, Markaziy Osiyodagi iste'molchilar narxlarga nisbatan sezgirroq va aholining katta qismi hali ham bozorlardan xarid qilishini afzal ko'radi. Shu sababli, "Sinsay"ning ushbu mintaqadagi strategiyasi avvalam bor xamyonboplikka va nafaqat yirik shaharlar markazlarida, balki kichik hududlarda ham mavjud bo'lishga yo'naltiriladi", – deb yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi