Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan farag'onalik o'zbek askarining xoki Belarusdan O'zbekistonga olib kelindi
Oktabr 03, 2025. 16:55 • 56 soniya
• 672
BUDA-KOSHELEVO, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ikkinchi jahon urushi vaqtida halok bo'lgan hamyurtimiz Abdullajon Dadaboyevning xoki Belarusdan O'zbekistonga olib kelindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Abdullajon Dadaboyev 1918-yilda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida tug'ilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Belarusni dushmanlardan himoya qilish vaqtida qahramonlarcha halok bo'lgan. Hamyurtimizning hoki O'zbekiston Mudofaa vazirligi va mamlakatimiz elchixona vakillariga topshirildi.
Xotira tadbirida Buda-Koshelevo tumani Ijroiya qo'mitasi rahbariyati, keng jamoatchilik, faxriylar va yoshlar qatnashdi.
Tuman Ijroiya qo'mitasi raisi Valentin Undrul o'z nutqida oradan shuncha yillar o'tgan bo'lsa-da, o'sha dahshatli urush hamon yangi-yangi faktlar, voqealar, tarixlar bilan o'zini eslatib turganini va aniqlanayotgan har bir dalil inson hayotidagi katta fojia ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, joriy yilda olib borilgan qidiruv ishlari davomida Farg'ona viloyatida 1918-yilda tug'ilgan jangchi Abdullajon Dadabayevning tana qoldiqlari hamda unga tegishli jihozlar va o'q-dorilar Rogin qishlog'i hududida olib borilgan qidiruv ishlari davomida topilgan.
Tuman rahbari qidiruv ishlarini olib borgan Belarus Mudofaa vazirligining 52-ixtisoslashtirilgan qidiruv batalyoni va Gomel kadetlar bilim yurtining "Qizil pogonlar" qidiruv klubiga minnatdorlik bildirdi.
O'zbek xalqining qahramon farzandi Abdullajon Dadabayevning xoki 27-sentyabr kuni Minsk shahridan O'zbekistonga olib kelindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi