Bokudan munosabat: Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekistonning "yashil" energiya sohasidagi mintaqaviy hamkorligi kelajakdagi global ekologik loyihalar uchun yangi istiqbollarni ochadi
Fevral 08, 2025. 10:54 • 2 daq
• 224
BOKU, 8-fevral. /"Dunyo" AA/. Ozarbayjon Milliy Mejlisi deputati, Madaniyat qo'mitasi raisining o'rinbosari Gyunay Efendiyeva "Dunyo AA" uchun intervyusida O'zbekiston, Ozarbayjon, va Qozog'istonning "yashil" energiya sohasidagi mintaqaviy hamkorligi haqidagi fikrlarini bildirdi:
– Milliy Mejlis bahorgi sessiyasining birinchi yalpi majlisida "Ozarbayjon Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi bitimni" ratifikatsiya qilindi. Ushbu bitim Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston Prezidentlari tomonidan o'tgan yilning noyabr oyida Ozarbayjonda bo'lib o'tgan BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha hadli konvensiyasi (COR29) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi doirasida imzolangan edi.
COR29 global munozaralar va hamkorlik uchun muhim platforma bo'lishi bilan birga turkiy mamlakatlari uchun yangi strategik ittifoq va sheriklikka kirishish uchun imkoniyatlar yaratdi.
Bir qator yirik davlatlar bilan solishtirganda, Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston atrof-muhit ifloslanishining umumiy darajasiga kamroq ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, davlatlarimiz ekologik muammolar va muhim ekologik inqirozlarga ayniqsa sezgir. Bu haqiqatan ham tahsinga sazovordir.
Ma'lumki, Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida salmoqli salohiyatga ega va global energiya almashinuviga hissa qo'shishga qodir. Ushbu kelishuvning amalga oshirilishi natijasida shamol va quyosh energiyasi Yevropaga yangi "yashil" energiya koridori orqali uzatiladi. Demak, mazkur loyiha turli sohalarda ishonchli hamkor sifatida harakat qilayotgan, global muammolarni hal etish yo'lida birgalikda odimlayotgan turkiy davlatlarning hamfikr ekanligining ifodasidir.
Shuni alohida ta'kidlashni kerakki, ushbu kelishuv doirasida mamlakatlarimiz Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz, shuningdek, Yevropa va Osiyo o'rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda muhim rol o'ynaydi. Bu, o'z navbatida, O'rta yo'lakning bir qismi sifatida "yashil ko'prik"ning rivojlanishini tezlashtiradi.
Shunday qilib, Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekistonning "yashil" energiya sohasidagi mintaqaviy hamkorligi kelajakdagi global ekologik loyihalar uchun yangi istiqbollarni yaratadi.
O'ylaymanki, mazkur kelishuv doirasidagi hamkorlik Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida tajriba almashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishni kuchaytiradi. Shuningdek, mamlakatlarimizning energetik xavfsizligini yana-da mustahkamlash uchun sharoit yaratadi. Bundan tashqari, mazkur hujjat yangi ish o'rinlari tashkil etish, texnologik va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatlarimiz o'rtasidagi dolzarb global muammolar bo'yicha hamkorlik mushtarak tarix, madaniy-ma'naviy qadriyatlar, til va dinga asoslangan turkiy dunyo birligini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Turkiyadan munosabat: Toshkent faol, dadil va pragmatik diplomatiyani tanlamoqda