Logo

O'zbekiston sirk san'ati artistlari Peruda bo'lib o'tgan xalqaro sirk festivalida uchinchi o'rinni egalladi

Iyul 16, 2025. 12:46 • 36 soniya

35
O'zbekiston sirk san'ati artistlari Peruda bo'lib o'tgan xalqaro sirk festivalida uchinchi o'rinni egalladi

TOSHKENT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston sirk san'ati artistlari Peruda bo'lib o'tgan "PULS" nomli xalqaro sirk festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, ushbu nufuzli festivalda Kristina Vorobyova rahbarligidagi "O'zbeksirk" muassasasining "Osmoniy farishtalar" jamoasi kanatda yurish janrida "Uch nafas" raqami bilan ishtirok etib, 3-o'rinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Ushbu yo'nalishda Peru vakillari birinchi, Belgiya, Portugaliya, Xitoy artistlari ikki o'ringa loyiq ko'rildi. Rossiya, O'zbekiston, Vengriya sirk san'ati ustalari mos ravishda uchinchi o'rinni band etishdi.

"PULS" nomli xalqaro sirk festivalida dunyoning 20 dan ortiq davlati ijodiy jamoalar va 100 nafarga yaqin jahon darajasidagi sirk artistlari ishtirok etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish