O'zbekiston etnofolklor ekspeditsiyasi O'sh shahrida ilmiy izlanishlar olib bormoqda
Avgust 13, 2024. 12:56 • 50 soniya
• 198
O'SH, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti olimlaridan iborat O'zbekiston etnofolklor ekspeditsiyasi O'sh shahrida ish boshladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ekspeditsiya a'zolari Qirg'iziston o'zbek milliy madaniy markazining janubiy hududlar bo'yicha rahbari Odiljon Atajanov, Bobur nomidagi O'sh davlat akademik o'zbek musiqali drama teatri direktori A'zamjon Abdurazzoqov, "Buyuk ipak yo'li" hunarmandlar uyushmasi raisi Nodir Momunbayev hamda yetakchi qirg'iz san'ati va madaniyati namoyondalari bilan uchrashuv o'tkazdilar.
Muloqot davomida ekspeditsiya vakillarining Qirg'izistondagi asosan o'zbeklar istiqomat qiladigan O'sh va Jalolobod viloyatlariga safarlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Safar davomida O'zbekiston tomoni Bobur nomli O'sh davlat akademik o'zbek musiqali drama teatri faoliyati va teatr muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.
O'sh shahridagi "Qo'l hunarmandlar" mahallasiga tashrif davomida pichoqsozlik, maxsido'zlik, temirchilik, beshiksozlik kabi milliy hunarmandchilik turlari bilan shug'ullanayotgan aholi bilan muloqot uyushtirildi. Suhbat chog'ida O'sh shahrida milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning holati va istiqbollari xususida fikr almashildi.
O'zbekiston etnofolklor ekspeditsiyasining Qirg'izistonga safari davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi