O'zbekistonlik bolalar Ozarbayjondagi xalqaro festivalda Gran-pri sohibi bo'ldi
Iyun 18, 2025. 16:46 • 42 soniya
• 66
TOSHKENT, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. Ozarbayjonning Baku shahrida II "Viva Azerbaijan" xalqaro tanlov-festivali bo'lib o'tyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston nomidan ishtirok etgan "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasi mazkur tanlovning Gran-pri sohibi bo'ldi.
Gruziya, Mongoliya, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, BAA vakillari qatnashgan ushbu tanlovda "Tomosha" teatr-studiyasi o'zbek milliy urf-odatlari bilan bir qatorda turli millatlar madaniyatini o'z ichiga olgan teatrlashtirilgan folklor tomoshasini namoyish etdi.
Eng oliy o'ringa loyiq ko'rilgan hamyurtlarimizning dasturi butun dunyodan yig'ilgan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib, mutaxassislar tomonidan tanlovning eng chiroyli va yorqin chiqishi deya e'tirof etildi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Nodira Qurbonova rahbarligidagi "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasining yosh ijodkorlari 2024 yilda Dubay shahrida o'tkazilgan "Dubai Grand Festival" xalqaro bolalar teatrlari tanlovida ham Gran-pri sohibi bo'lgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi