Logo

O'zbekistonning boy san'ati va madaniyati Lyublyanada namoyish etildi

Sentabr 15, 2025. 14:50 • 40 soniya

26
O'zbekistonning boy san'ati va madaniyati Lyublyanada namoyish etildi

LYUBLYANA, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida boshlangan tennis bo'yicha WTA ayollar tennis turniri doirasida O'zbekiston madaniyati kechasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Madaniy tadbir O'zbekiston elchixonasi va Sloveniya Investitsiyalar, tadbirkorlik va baynalmilallashtirish milliy agentligi ko'magida tashkil etildi.

 Unda nafaqat musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlar, balki, O'zbekiston-Sloveniya biznes-forumi ishtirokchilari, jumladan, yetakchi kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Toshkent viloyati maqom ansambli rahbari G'olibjon Xodjiyev, viloyat filarmoniyasi rahbari Bekmurod Jo'rayev va "Nurafshon mavjlari" raqs guruhi rahbari Nozina Isoqova ijrosidagi kuy va qo'shiqlar hamda raqslar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.  

 Tomoshabinlar ijrochilarning yuksak mahorati e'tirof etishdi. Har bir musiqiy dastur qadimiy afsonalar va zamonaviy san'atni o'ziga mujassam etgan hikoyaga o'xshardi, yorqin milliy liboslardagi raqslar esa san'at va madaniyat millat va til tanlamasligi yana bir bor tasdiqladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish