Logo

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi gastrol safari bilan Gruziyada bo'ldi

Iyul 16, 2025. 17:12 • 42 soniya

496
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi gastrol safari bilan Gruziyada bo'ldi

CHOKHATAURI, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi Gruziyaning Chokhatauri shahrida gastrol safarida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, Nino Ramishvili San'at saroyida gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze qalamiga mansub "Men buvim, Iliko va Illarion" asari asosida sahnalashtirilgan romantik komediyani gruzin tomoshabinlariga namoyish etildi.

Tomoshabinlar teatr jamoasiga iliq fikr-mulohazalarini bildirdi. Ushbu sahna asari aktyorlar uchun tajriba almashish imkoniyatini yaratdi. Bunday ijodiy uchrashuvlar O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash bilan birga, san'atkorlar uchun professional o'sish va yangi sahnaviy izlanishlar sari yo'l ochadi.

Safar doirasida, Aleksandr Sussunava nomidagi Ozurgeti davlat professional drama teatri va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri o'rtasida kelgusida ikki davlat teatrining o'zaro gastrol almashinuvini yo'lga qo'yish maqsadida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish