Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi Qozog'istonning Oqtov shahrida o'tayotgan I Xalqaro qo'g'irchoq teatrlari festivalida ishtirok etmoqda
Sentabr 12, 2025. 08:27 • 35 soniya
• 307
OQTOV, 12-sentabr. "Dunyo" AA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida I Xalqaro qo'g'irchoq teatrlari festivali ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xalqaro madaniy tadbirning tantanali ochilish marosimida Mangistau viloyati hokimining o'rinbosari Tlegen Abishev so'zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va ularga muvaffaqiyat tiladi.
Festivalda O'zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Qirg'iziston va Qozog'iston qo'g'irchoq teatrlari o'z spektakllarini namoyish etadi. O'zbekiston nomidan mazkur tanlovda Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi ishtirok etayapti. Yurtimiz teatr san'ati ustalari bugun "Mehr qayerda" spektaklini namoyish etishadi.
Shuningdek, teatr san'ati sohasida kasbiy muloqotni rivojlantirish maqsadida mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
Festival 14 sentyabrgacha davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi