Logo

"New Strait Times" gazetasi: O'zbekistonning Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlari ming yilliklar davomida islom sivilizatsiyasining asosiy markazlari bo'lib kelgan

Iyul 08, 2025. 16:34 • 2 daq

64
"New Strait Times" gazetasi: O'zbekistonning Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlari ming yilliklar davomida islom sivilizatsiyasining asosiy markazlari bo'lib kelgan

KUALA-LUMPUR, 8-iyul. / "Dunyo" AA/. Malayziyaning yetakchi "New Strait Times" nashrida "Samarqand va Buxoro: Malay olamiga Markaziy Osiyoning ta'siri" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Samarqand va Buxoroning islom sivilizatsiyasiga qo'shgan beqiyos hissasi hamda malay dunyosi rivojiga ko'rsatgan ta'siri haqidagi muhim ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilingan.

 "Bugungi O'zbekiston hududida joylashgan Samarqand va Buxoro ming yilliklar davomida islom sivilizatsiyasining asosiy markazlaridan biri bo'lib kelgan. Islom madaniyatining oltin asri deya e'tirof etiladigan VIII-XIII asrlarda ushbu ikki shahar islom olamining turli burchaklaridan kelgan olimlarni birlashtirdi. Ushbu davrga kelib Samarqand va Buxoro astronomiya, tibbiyot, falsafa, matematika va islom huquqshunosligi sohasida musulmon dunyosining ilm-ma'rifat o'chog'i sifatida shuhrat qozondi", – deb yozilgan maqolada.

Shuningdek, nashrda Samarqand va Buxoroda shakllangan sivilizatsiya qadimiy Ipak yo'li va dengiz savdo yo'llari orqali malay dunyosiga yoyilib, ilm-fan rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi, g'oyalar va madaniy almashinuvga xizmat qildi.

 "Arab va fors savdogarlari VIII asrda Markaziy Osiyoning ushbu markazlari orqali Janubi-Sharqiy Osiyoga borib, islom dinini malay arxipelagi bo'ylab tarqalishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ilmi malay islom madaniyatini shakllanishida  katta ta'sir ko'rsatdi. Bu haqdagi ilk ma'lumotlar malay sultonliklari tarixiga oid qadimiy manbalarda keltirilgan", – deya ta'kidlanadi materialda.

"ICESCO tomonidan Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb e'lon qilindi. Keling, ushbu yilda Samarqand va Buxoroning O'zbekiston hamda Malayziya o'rtasidagi madaniy va intellektual rishtalarni mustahkamlash xizmat qiladigan merosini va islom sivilizatsiyasiga qo'shgan ulkan hissasini e'tirof etaylik", – deb yozgan muallif o'z xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish