Xitoyda ochilgan xalqaro haykaltaroshlik ko'rgazmasida Alisher Navoiy kompozitsiyasi taqdim etilmoqda
Iyul 07, 2025. 14:02 • 2 daq
• 91
SINDAO, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Sindao shahrida "Birdamlik nuri uyg'unlikda" nomli xalqaro haykaltaroshlik ko'rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazma Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasidagi madaniy-gumanitar tashabbuslaridan biri sifatida tashkil etildi .
Unda SHHTga a'zo davlatlar kelgan haykaltaroshlar asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu asarlar madaniy muloqot va o'zaro tushunishni rivojlantirishda muhim platforma vazifasini o'taydi.
O'zbekiston ushbu ko'rgazmada "Birdamlik nuri uyg'unlikda" nomli haykal bilan taqdim etildi. Ushbu asar taniqli haykaltarosh Vazir Normatov tomonidan yaratilgan. Kompozitsiya zamonaviy abstrakt uslubda yaratilgan. San'at asaridagi ochiq qo'l shakli uyg'unlik, kelishuv va birlashuv ramzi sifatida talqin qilinmoqda.
Ko'rgazmada namoyish etilayotgan eng muhim asarlardan biri – bu Xitoy haykaltaroshi U Syaolin tomonidan yaratilgan Alisher Navoiyning bronzadan yasalgan haykalidir. Unda buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy kitob ushlagan holda tasvirlangan. Ushbu obraz Navoiyning ma'rifatparvarlik roli va ma'naviy merosini ifodalaydi. Uning orqasida esa O'zbekistonning milliy ramzi – Humo qushi joylashtirilgan. Bu ramz erkinlik, ilhom va oliy maqsadlarga intilishning timsolidir.
Xitoylik haykaltarosh tomonidan Alisher Navoiy merosiga bag'ishlab yasalgan mazkur yodgorlik nafaqat ijodiy hamkorlikning namoyishi, balki o'zbek xalqining buyuk ajdodlariga bo'lgan chuqur hurmatni ko'rsatadi. Shuningdek, mazkur kompozitsiya ikki xalq o'rtasidagi gumanitar aloqalar va madaniy yaqindan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O'zbekistonning ushbu ko'rgazmadagi ishtiroki SHHT doirasidagi madaniy diplomatiya faoliyatini rivojlantirishning bir qismi bo'lib, mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro tushunish va hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi