O'zbekistonlik taniqli estrada xonandasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida konsert berdi
Iyul 04, 2025. 11:33 • 36 soniya
• 557
SANKT-PETERBURG, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Sankt-Peterburgdagi "Avrora" san'at saroyida taniqli o'zbek xonandasi Mashhurbek Muhammadning konsert dasturi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniy dastur O'zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ko'magida "IB-PROMO" kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Konsert Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar hayotida muhim voqea bo'lib, ularga o'z ona madaniyati bilan muloqot qilish, birdamlik va milliy o'zlikni his qilish imkonini berdi.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimi san'at kechasi avvalidagi tabrik nutqida, tadbirni muvaffaqiyatli tashkil qilgan va vatandoshlar uchun bayramona kayfiyatni taqdim etgan tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi. Madaniy tashabbuslarning xorijdagi vatandoshlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Konsert dasturi davomida Mashhurbek Muhammad tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi