Germaniyada bo'lib o'tgan "Jarmarka-2025" festivalida rekord darajadagi o'zbek palovi tayyorlandi
Iyun 25, 2025. 11:55 • 1 daq
• 221
BAD-ZALSUFLEN, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning Bad-Zalsuflen shahridagi "Messezentrum Bad Salzuflen" ko'rgazma markazida Yevropadagi eng yirik madaniyatlararo festival – "Jarmarka 2025" bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki kun davom etgan va dunyoning ko'plab mamlakatlaridan jami 35 ming nafar mehmon qatnashgan yarmarkada hamyurtimiz Yevgeniy Shas boshchiligida 220 kilogramm guruchdan palov tayyorlandi.
Ma'lumki, palov va u bilan bog'liq urf-odat hamda an'analar YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Mazkur taom, shuningdek, mamlakatimiz madaniyati va mehmondo'stligining ajralmas qismi hisoblanadi.
Festival ishtirokchilari nafaqat milliy taomlarimiz, balki o'zbek madaniyati haqida ham ko'proq ma'lumotga ega bo'lishdi, bu esa sayyohlarni O'zbekistonga safar qilishga undagani shubhasiz.
"Ikki kun davomida men va jamoamiz festivalda 220 kilogramm guruchdan (taxminan 820 kg osh) Toshkent to'y oshini tayyorladik. O'zbek palovi Germaniyada ilk marta – ikkita 225 litr hajmdagi qozonda, yurtimizdan keltirilgan guruch, ziravorlar va ingrediyentlardan foydalangan holda tayyorlandi. Xushbo'y va mazali milliy taomimiz 2500 dan ortiq mehmonga tarqatildi", – dedi hamyurtimiz Yevgeniy Shas.
Germaniyada tashkil etilgan festival dunyo pazandachiligi qatorida o'zbek oshxonasi munosib o'rinda ekanligini tasdiqladi.
Tashkilotchilarga ko'ra, "Jarmarka-2026" festivali keyingi yil 23-24-may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi