O'zbekistonlik yetakchi san'atshunos va ijodkorning shaxsiy ko'rgazmasi Londonda tashkil etildi
Sentabr 21, 2025. 13:38 • 51 soniya
• 94
LONDON, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida o'zbekistonlik taniqli ijodkor Aziza Qodiriyning ijodiy ishlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

London shahridagi mashhur "Pikadilli" maydonida taqdim etilgan ko'rgazmada Toshkentning diqqatga sazovor joylari, poytaxtimizdagi metro bekatlari, ilm-fan va to'qimachilik yo'nalishidagi asarlar namoyish etildi.
Ko'rgazma "Circa Art" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Madaniy tadbir London aholisi va mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi.
Aziza Qodiriy san'atning rassomchilik, hunarmandchilik, sohalarida, shuningdek eksperimental kostyumlar, to'qimachilik mahsulotlari, spektakllar, installyatsiyalar yaratish yo'nalishlarida samarali ijod qilib keladi.
Ijodkor 2017-yilda Pekindagi Singhua universitetining dizayn va moda yo'nalishini, 2020-yilda esa Londondagi Markaziy Sent-Martins universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
O'zining professional faoliyati davomida u butun Yevroosiyo qit'asida xalqaro miqyosda teatr, jonli ijrolar, filmlar va HR loyihalari uchun maxsus dizaynlarni yaratgan. Shuningdek, u bir qator ijtimoiy yo'naltirilgan loyihalar bo'yicha mahorat darslarini o'tkazib kelyapti.
E'tiborli tomoni Aziza Qodiriy joriy yilgi Venetsiya biyennalesida O'zbekiston Milliy pavilyonining bosh rassomi etib tayinlangan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi