Logo

O'zbekiston va Vengriya muzeylari qo'shma ko'rgazmalar tashkil etish va restavratsiya loyihalarini amalga oshirish yo'nalishida hamkorlik qiladi

Iyul 29, 2025. 07:25 • 40 soniya

84
O'zbekiston va Vengriya muzeylari qo'shma ko'rgazmalar tashkil etish va restavratsiya loyihalarini amalga oshirish yo'nalishida hamkorlik qiladi

BUDAPESHT, 29-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi vakillari va Budapesht Tarixi muzeyi ijrochi direktori Laslo Chorba o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" A muxbiri.

Suhbat chog'ida muzey va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo'shma ko'rgazmalar tashkil etish, restavratsiya loyihalarini amalga oshirish va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vengriya tomoni O'zbekiston madaniyat muassasalari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan manfaatdor ekanini bildirib, ikki davlat o'rtasidagi gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish muhimligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida umumiy madaniy merosni ilgari surish hamda O'zbekiston va Vengriya xalqlari o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan aniq loyiha va tashabbuslarni tayyorlash maqsadida maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish