O'zbekiston milliy qadriyatlari Germaniyaning Reda-Videnbryuk shahrida o'tkazilgan xalqaro festivalda taqdim etildi
Iyun 02, 2025. 10:18 • 57 soniya
• 92
REDA-VIDENBRYUK, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Reda-Videnbryuk shahrida o'tkazilgan xalqaro madaniyat festivalida qatnashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Germaniyaning "Exorior-interkulturelle soziale Beratung und Management e. V" jamiyati ko'magida tashkil etilgan festivalda 30 dan ortiq millat vakillari, deputatlar, diplomatik va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda mahalliy aholi qatlami ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston, Bolgariya, Braziliya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Hindiston, Polsha, Ukraina, Turkiya, Xitoy va Vyetnam kabi davlatlar vakillari o'zlarining milliy qadriyatlari, folklor san'atlari, liboslari va taomlarini namoyish etishdi.
Festival maydonida yurtimiz sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida "Exorior-interkulturelle soziale Beratung und Management e. V" jamiyati bilan birgalikda O'zbekiston milliy burchagi tashkil etildi. O'zbekiston san'at ustalari ijrosidagi milliy folklor qo'shiqlari va o'zbek raqslari yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Festival ishtirokchilariga O'zbekistonga dunyoning 90 dan ortiq davlatlari, shu jumladan Germaniya fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz tizim haqida so'zlab berildi. Shuningdek, turizm sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, YUNESKOning moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan obyekt va elementlar haqida ma'lumot berildi.
E'tiborlisi, O'zbekiston milliy burchagi bilan tanishgan mehmonlar yurtimizga safar qilish niyatlarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi