"Bahorni izlab" filmi Rossiyadagi xalqaro festivalda ikkita nominatsiyada mukofotlandi
Avgust 26, 2025. 10:30 • 54 soniya
• 62
SANKT-PETERBURG, 26-avgust. /"Dunyo"AA/. Shu yilning 22-24-avgust kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida VI "Lendoc Film Festival" xalqaro kinofestivali bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniy tadbir "Lendok" kinostudiyasi va "Kinokultura" notijorat tashkiloti tomonidan Rossiya madaniyat vazirligi va Sankt-Peterburg madaniyat qo'mitasi ko'magida tashkil etildi.
Tanlov dasturida 2023-2025-yillarda Rossiya va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari kinorejissyorlari tomonidan yaratilgan badiiy va hujjatli filmlar namoyish etildi. E'tiborlisi, festivalda O'zbekiston kinematografiyasining yorqin namunalaridan iborat filmlar taqdim etildi. Jumladan, "Bahorni izlab" (rejissyor Ayub Shaxobiddinov), "Taymetov. G'alaba elchisi" (rejissyor Eldar Yuldashev), "Uyga qaytish" (rejissyor Dilshoda Qosimova) va "Uy" (rejissyor Jamshid Narziqulov) kabi o'zbek filmlari tomoshabinlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bu esa o'z navbatida, o'zbek kinoijodkorlarining yuqori professional salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Festival doirasida kino san'ati ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar, yetakchi kinorejissyorlar ishtirokida mahorat darslari hamda ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tanlov yakunlariga ko'ra, "Bahorni izlab" filmi ikki nominatsiyada g'olib deb e'lon qilindi. Ya'ni "Eng yaxshi ssenariy" uchun Erkin Azam va "Eng yaxshi ayol roli" uchun Ra'no Shodiyeva taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi