Toshkentda Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro forum o'z ishini boshladi
Oktabr 23, 2023. 11:21 • 52 soniya
• 1170
TOSHKENT, 23-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun poytaxtimizda «Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusida xalqaro forum boshlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu yirik anjuman Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va Inson huquqlari bo'yicha Vena butunjahon konferensiyasining 30 yilligiga bag'ishlanadi.
Xalqaro forumning asosiy milliy tashkilotchisi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Milliy markazi hisoblanadi.
Onlayn va oflayn formatlarda bo'lib o'tayotgan forumda BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari boshqarmasi, Oliy komissar boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy bo'limi, BMTning O'zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchi ofisi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, YeXHTning Loyihalar muvofiqlashtiruvchisi, Fridrix Ebert fondi va boshqa xalqaro hamkorlar, shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlar, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yoshlar tashkilotlari yetakchilari, yoshlar parlamentlari, huquqni himoya qilish bo'yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Yoshlar huquqlari sohasida yangi sa’y-harakatlar va ilg'or tashabbuslar uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladigan Yoshlar huquqlari bo'yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Olmaotadagi ko'rgazmada O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi
Islomobodda O'zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati namoyish etildi