Logo

O'zbekiston parlament delegatsiyasining Kuala-Lumpurga tashrifi Malayziya OAV diqqat markazida

Iyul 04, 2024. 10:27 • 2 daq

180
O'zbekiston parlament delegatsiyasining Kuala-Lumpurga tashrifi Malayziya OAV diqqat markazida

KUALA-LUMPUR, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuala-Lumpurga amaliy tashrifini keng yoritmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning ommabop "The Star" gazetasi Bosh vazir Anvar Ibrohim O'zbekiston Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashuvi haqida yozdi. Nashrda Bosh vazir Anvar Ibrohim 2-iyul, seshanba kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovni qabul qilgani xabar qilingan.

"O'zbekiston delegatsiyasi 1- 4-iyul kunlari Malayziyada rasmiy tashrif bilan bo'lib turibdi. Tashrif maqsadi Malayziya va O'zbekiston o'rtasidagi turli sohalardagi yaxshi munosabatlar va hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat ekanligi ta'kidlandi", – deyiladi maqolada.

"Bernama" milliy axborot agentligining "Bernama TV" telekanalida O'zbekiston parlament delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar haqida maxsus telereportaj namoyish etildi.

Dasturda joriy yilning 2-iyul kun O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan qabul qilindi, deya xabar qilingan. Ta'kidlanishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

"Bernama TV", shuningdek, Malayziya parlamenti spikeri Johari Abdul Malayziya parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do'stlik guruhi a'zolari bilan birgalikda O'zbekiston delegatsiyasi bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazganini qayd etgan. "Uchrashuvda qonunchilik, turizm, texnik va kasb-hunar ta'limi, shuningdek, talabalar almashinuvi sohalarida ikki tomonlama hamkorlik va amaliy hamkorlikni faollashtirish muhimligi kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi",  deyiladi materialda.

"Spiker Johari Abdul 2023-yil aprel oyida O'zbekiston Konstitutsiyasi bo'yicha o'tkazilgan referendumda kuzatuvchi sifatida Toshkentda bo'lganini mamnunlik bilan esga oldi. Uning aytishicha, mamlakat Asosiy qonuniga ijtimoiy va ma'muriy huquq sohadagi islohotlarga oid muhim o'zgartirishlar kiritilgan", – deya qayd etgan "Bernama TV".

Shuningdek, Malayziyaning yetakchi "The Sun" gazetasi ham "Anvar Ibrohim O'zbekiston Qonunchilik palatasi Spikerini qabul qildi" sarlavhali maqolani chop etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish