O'zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar Xitoy OAV diqqat markazida
Iyul 03, 2024. 19:33 • 2 daq
• 203
PEKIN, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Lookwe" axborot-tahlil elektron nashri "O'zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar amaliy natijalarga qaratilgan" maqola chop etili, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonda jinoyat-ijroiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi jazo hamda uning ijro etish tizimini liberallashtirishga qaratilgan bo'lib, shu asosda qator strategik vazifalar belgilab olindi, deb ma'lum qilingan materialda.
"Xususan, 2017-2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasida jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida ko'rsatildi", – deyiladi nashrda.
O'zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-maydagi qarori bilan "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi" qabul qilindi. Shuningdek, 2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahkumlar, jazoni o'tab chiqqan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta'minot va xalqaro e'tirof etilgan boshqa huquqlarini ta'minlash, mamlakatda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari taraqqiyotining eng asosiy va zarur sharti sifatida qayd etildi.
"O'zbekiston – 2030" strategiyasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish vazifasi sud-huquq tizimidagi islohotlarning bosh mezoni sifatida mustahkamlandi", – deb ta'kidlangan materialda.
2023-yilning 30-aprelidagi Referendumda yangi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinib, unda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalari asosida insonning huquq va erkinliklari kafolatlanishi, shuningdek, o'lim jazosining taqiqlanishi belgilab berilgani qayd etilgan.
Maqola xulosasida, "Jazoni ijro etish tizimida huquqni qo'llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirib borish, amalga oshirilayotgan islohotlarni izchillik bilan davom ettirish O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va odil fuqarolik jamiyatini barpo etishga, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan "Inson qadri uchun" ezgu g'oyasini amalda to'liq tatbiq etishga xizmat qilyapti", – deb yozgan Xitoy elektron nashri.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida