Kuvaytdagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

Oktabr 25, 2026. 16:00 • 56 soniya

• 3
Kuvaytdagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Kuvaytdagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

AL-KUVAYT, 25-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytdagi “New Harvard American Bilingual School” maktabida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir mazkur maktabning ingliz tili o‘qituvchisi, O‘zbekiston fuqarosi Olim Shukurov tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda 4-6-sinf o‘quvchilari hamda xorijlik pedagoglar ishtirok etdi.

Turli millatga mansub o‘quvchilar barchani bayram bilan o‘zbek va ingliz tillarida tabrikladi. Ular o‘zbek tilining jozibasi, xalqimizning boy ma’naviy-madaniy merosi va mehmondo‘stlik an’analariga bo‘lgan hurmati hamda qiziqishini izhor etdi.

Xorijlik o‘qituvchilar O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari haqida so‘zlab, mamlakatimiz madaniyati va qadriyatlariga yuksak ehtirom ko‘rsatgan holda, bayram munosabati bilan eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Mazkur tadbir xorijlik yoshlarning o‘zbek tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston va Quvayt xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamda do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish