O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi iqtisodiy sheriklik yangi bosqichga ko'tarilmoqda
Avgust 21, 2025. 16:55 • 52 soniya
• 53
MASQAT, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi shu yilning 19-20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan O'monda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'monning Milliy axborot agentligining ("ONA") yozishicha, tashrif davomida 19-avgust kuni Masqat shahrida O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarni rag'batlantirish vaziri Qays bin Muhammad Al-Yusuf bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda ikki do'st davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoya, import va eksport masalalari, sanoat va savdo sohasidagi istiqbolli yo'nalishlar muhokama qilindi.
Tomonlar transport, sanoat, tog'-kon sanoati va turizm, davlat va xususiy sektor o'rtasidagi sheriklikni kengaytirish, daromad manbalarini diversifikatsiya qilish va savdo ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat o'rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish imkoniyatlariga e'tibor qaratdilar.
O'zbekiston delegatsiyasi rahbari, shuningdek, safar davomida O'mon Investitsiyalar boshqarmasi raisi Abdulsalom bin Muhammad Al-Murshidiy bilan muzokara o'tkazdi.
Muloqot chog'ida O'mon va O'zbekiston o'rtasida investitsiyaviy sheriklikni kuchaytirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va xorijiy sarmoyalarni jalb etish yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida