"Aganden" gazetasi: O'zbekiston va Xitoyning xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, global xavfsizlik va taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha yondashuvlari o'xshash
Sentabr 02, 2025. 12:07 • 2 daq
• 20
BAG'DOD, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. Iroqning "Aganden" gazetasida "O'zbekiston–Xitoy temiryo'l yo'nalishlari: savdo, tranzit va yangi logistika markazlari" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Buyuk ipak yo'li orqali bog'langan O'zbekiston-Xitoy o'rtasidagi tarixiy aloqadorlik, bugungi kunga kelib o'zaro mushtarak maqsadlar asosida yanada mustahkamlanayotgani haqida so'z yuritilgan.
"Bugungi kunda O'zbekiston va Xitoyning xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, global xavfsizlik va taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha yondashuvlari o'xshash. Xitoy O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lini, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Ikki davlat BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, "Markaziy Osiyo-Xitoy" formati va boshqa ko'p tomonlama xalqaro tuzilmalar doirasida faol hamkorlik qilmoqda", – deb yozilgan maqolada.
Shuningdek, nashrda ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib borayotgani fonida, temir yo'l qurilishi loyihasining amalga oshirilishi strategik ahamiyat kasb etishi alohida urg'ulangan.
"Uzoq yillik sa'y-harakatlardan so'ng "Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston" temir yo'lining qurilish ishlari 2024-yil 27-dekabr kuni Qirg'izistonning Jalol-Obod shahrida boshlandi. Bugungi kunda Xitoy, Qirg'iziston va O'zbekiston temir yo'l ishchilari o'rtasidagi samarali hamkorlik tufayli tomonlar asosiy obyektlarda ishlarni muddatidan oldin boshlashga erishdilar, bu esa loyihaning faol qurilish bosqichiga o'tganini ko'rsatadi", – deyilgan materialda.
Bundan tashqari, maqolada loyiha "Qashqar – Torugart – Makmal – Jalol-Obod – Andijon" yo'nalishi bo'ylab 20 ta stansiya, 42 ta ko'prik va 25 ta tunnelni o'z ichiga oladi. Temir yo'l qurilishi 2030 yil oxirigacha yakunlanishi, temir yo'l liniyasining uzunligi – 532,53 km bo'lishi, shuningdek, yo'nalishda yuk tashish hajmi yiliga 15 million tonnaga yetishi kutilayotgani ta'kidlangan. Shuningdek, yo'nalish bo'ylab zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar barpo etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida