Logo

"An Nahar News": Termiz platformasi – umumiy iqlim muammolariga qarshi kurashda hamkorlik maydonidir

May 19, 2025. 11:23 • 2 daq

100
"An Nahar News": Termiz platformasi – umumiy iqlim muammolariga qarshi kurashda hamkorlik maydonidir

AR-RIYOZ, 19-may. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "An Nahar News" elektron nashrida "Termiz platformasi Markaziy va Janubiy Osiyoda umumiy iqlim muammolariga qarshi kurashda hamkorlik maydonidir" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"19-21-may kunlari Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi, – deyiladi maqolada. – Muloqot O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqalararo aloqa va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan izchil sa'y-harakatlarining mantiqiy davomidir. Termiz platformasining birinchi tadbirlari Termiz xalqaro savdo markazi va Termiz yuk markazi kabi muhim logistika obyektlariga tashriflar, shuningdek, xavfsizlik, iqtisodiy sheriklik va ekspertlar muloqoti bo'yicha yuqori darajadagi uchrashuvlarni o'z ichiga oladi. Tashabbus xalqaro miqyosda keng qo'llab-quvvatlandi, o'nlab mamlakatlar va tashkilotlar, jumladan, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti va xalqaro moliya institutlari ishtirokini tasdiqladi.

"Ko'p darajali muloqot maydoni sifatida yaratilgan Termiz muloqoti keng ko'lamli, shu jumladan siyosiy muloqot va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashdan tortib, xavfsizlik, raqamli transformatsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, barqaror rivojlanish va, xususan, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishgacha bo'lgan masalalarni qamrab oladi", – deb yozgan Saudiya OAV.

Ta'kidlanganidek, iqlim o'zgarishi tezlashar ekan, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari tobora jiddiy tabiiy ofatlarga duch kelmoqda. Ushbu iqlim o'zgarishlari butun mintaqada yangi umumiy yondashuvlarni yaratishni taqozo qilmoqda.

"Yagona yondashuv – mamlakatlarga umumiy yechimlarni shakllantirish, ilg'or ilmiy bilimlarni almashish va barqaror rivojlanish tashabbuslarini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi platforma vaqti keldi. Termiz muloqoti ana shunday katalizator bo'lishni maqsad qilib qo'ygan bo'lib, o'z mohiyatiga ko'ra iqlim bo'yicha harakatlar bilan bog'liq keng ko'lamli muammolarni hal qilish uchun doimiy mintaqaviy forum bo'lib xizmat qiladi", – deyilgan "An Nahar News" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish